Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 451 11 48

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Surxondayo viloyat adliya boshqarmasida ma'naviyat soati


Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasining “Adliya organlari va muassasa xodimlarini o‘qitish va ularning bilimi, malakasi, ko‘nikmalarini oshirish bo'yicha 2022-yil uchun ma’naviyat va ma’rifat soati” o‘tkazish yuzasidan reja grafigi tasdiqlangan.Unga ko‘ra, barcha tarkibiy bo‘linmalar yangi qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar va sohaga oid qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirish, boshqarma xodimlari malakasini oshirib borish belgilangan.




Boshqarmaning nodavlat notijorat tashkilotlari bo‘limi tomonidan  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 3.03.2021-yildagi PQ-5012-sonli “Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, ularning faoliyati erkinligi, huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori hamda O‘zbekiston Respublikasining "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida"gi Qonunining mazmun-mohiyati va ahamiyati xodimlar e'tiboriga yetkazildi.

Nodavlat notijorat tashkilotlar bo‘limi yetakchi maslahatchisi H.Abdurahmonov