Янгиликлар
Jinoyatchilik oshgan mahallalarda targ'ibot tadbirlari olib borilmoqda.
Boysun tuman adliya bo‘limi tomonidan mahallalarda sodir etilayotgan jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturiga asosan tuman IIB YXX HPB boshlig‘i ishtirokida tumandagi “Inkabod” MFY fuqarolari bilan huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Shunigdek, targ'ibot davomida yig'ilganlarga qabul qilingan qonunchilik hujjatlari, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni, “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi, “Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunlari mazmun-mohiyati haqida tushunchalar berildi. Bundan tashqari, bezorilik, firibgarlik, o‘g‘irlik jinoyatlari va ularning oqibatlari, sodir etilishining oldini olish bilan bog‘liq hamda shaxslarni o‘zboshimchalik bilan jazolash (samosud) holatlari qonunga zid ekanligi va buning uchun javobgarlik masalalari yuzasidan, shuningdek notinch va muammoli oilalarda xotin-qizlar bilan sog‘lomlashtirish va nizoli holatlarni bartaraf etish bo‘yicha ham huquqiy tushuntirishlar berildi.