Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 451 11 48

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Adliya vazirligi Inson resurslari boshqarmasi ishchi guruhi Surxondaryoda


Adliya vazirligi Inson resurslari boshqarmasining ishchi guruhi hududlarda bo‘lib, xodimlarning ish faoliyati, yaratilgan shart-sharoitlar hamda ularda mavjud muammolar va bevosita tizim foliyatini yanada takomillashtirishga oid takliflari bilan tanishdi.


   Jumladan, joriy yilning 15-17-avgust kunlari ishchi guruhi Surxondaryo viloyatidagi barcha tuman (shahar)larda bo‘lib, adliya bo‘limlari, yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari, davlat xizmatlari markazlari va FHDY bo‘limlari xodimlari bilan muloqotda bo‘lishib, xodimlarning amaliy faoliyati, xizmat vazifalarini o‘tash uchun yaratilgan shart-sharoitlarning belgilangan talablarga muvofiqligi va umuman kadrlarni qiynab kelayotgan barcha masalalar, ijtimoiy himoya masalasiga oid jihatlarni joyiga chiqqan holda manzilli o‘rgandi.

 

   Shu bilan birga, xodimlar bilan o‘tkazilgan suhbatlar davomida kasbiy odob-axloq va korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni yanada mustahkamlash bo‘yicha profilaktik tushuntirishlar berildi. Shuningdek, ularning bu boradagi fikr-mulohazalari tinglandi.


   Ishchi guruh tomonidan xodimlar bilan o‘tkazilayotgan ochiq muloqot davomida ularning jamoaviy birdamlik muhitini yanada mustahkamlashga oid taklif va tashabbuslariga ham alohida e’tibor qaratildi.

 

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi