Янгиликлар
Adliya organlari ishtirokida sayyor qabul
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlari davlat xizmatlari markazlari tomonidan viloyatning olis chekka hududlarida doimiy ravishda aholiga sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatilmoqda.
Bu kabi sayyor xizmatlarni tashkil etishdan asosiy maqsad: aholi hamda yuridik shaxslarning qimmatli vaqtini tejash, ularga tezkor va sifatli davlat xizmatlari ko‘rsatishdan iborat.
Xususan, joriy yilning 13-avgust kuni Termiz tumanidagi “Orol” mahallasida markaz xodimlari tomonidan aholi vakillariga kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga navbatga qo‘yish hamda elektron raqamli imzo olish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatildi.
Shuningdek, davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha aholini qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.
Mazkur tadbirlarning tashkil etilishi nafaqat aholiga davlat xizmatlaridan foydalanishda qulaylik yaratadi, balki insonlarning huquqiy ong va madaniyati yuksalishiga zamin yaratdi.