Tadbirda ishtirokchilarga qabul qilingan qonunchilik hujjatlari, shu jumladan, “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni loyihasi, “O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 29.06.2022-yildagi PQ-300-son “Mahallalarda ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga yordam berish tizimini yangi bosqichga ko‘tarish hamda xotin-qizlarni kasbga o‘rgatish ishlarini yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari mazmun-mohiyati haqida batafsil ma'lumotlar berildi.