Янгиликлар
Adliya organlari ishtirokida sayyor qabul.
Sayyor qabulda Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 16.05.2022-yildagi 259-son “2022-2023-yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʼyicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash toʼgʼrisida”gi qarorining har bir bandi, “Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʼzgartish va qoʼshimchalar kiritish toʼgʼrisida”gi Oʼzbekiston Respublikasining Qonuni loyihasi, “Oʼzbekiston Respublikasining referendumi toʼgʼrisida”gi Qonuni, 16.06.2022-yildagi OʼRQ-779-son “Oʼzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʼzgartish va qoʼshimchalar kiritish toʼgʼrisida”gi Qonuni haqida batafsil huquqiy tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, ushbu mahalla hozirgi kunda ajrimlar soni boʼyicha yuqori oʼrinlarda turganligi taʼkidlanib, yig'ilganlarga Oila kodeksining 49-56 moddalari mazmuni tushuntirildi.
Sayyor qabul mobaynida 8 nafar fuqaroning murojaatlari tinglanib, 2 nafar fuqaroning murojaati koʼrib chiqilishi uchun ish yurituviga olindi.