Янгиликлар
Iyul oyining eng yaxshi xodimi aniqlandi
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasida 2022-yilning iyul oyi uchun Sherobod tuman adliya bo‘limi inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish bo‘linmasi bosh maslahatchisi Berdiyev Rustam Eshpo‘latovich “Oyning eng yaxshi xodimi” deb topildi.
Berdiyev Rustam Eshpo‘latovich – 1987-yilda Surxondaryo viloyati Boysun tumanida tugʻilgan, millati oʻzbek, maʼlumoti oliy, huquqshunos. 2011-yil Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Ma’lumot uchun: R.Berdiyev 2018-2022-yillarda Angor tuman adliya bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan. R.Berdiyev 2022-yildan buyon Sherobod tuman adliya bo‘limi inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish bo‘linmasi bosh maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi jamoasi Berdiyev Rustam Eshpo‘latovichni ushbu eʼtirof bilan tabriklab, kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi.