Янгиликлар
MTT xodimlari uchun “Huquqiy bilimlar kuni” munosabati bilan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Viloyat adliya boshqarmasining Huquqiy-targ‘ibot va ma’rifat bo’limi xodimlari hamda yuridik texnikum o‘qituvchilari bilan birgalikda Termiz shaharidagi 3-sonli MTT xodimlari uchun “Huquqiy bilimlar kuni” munosabati bilan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Targ‘ibot tadbiri davomida , O’zbekiston Respublikasining “Referendumi to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi “Davlat tili” to‘g‘risida”gi Qonuni, shuningdek “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonunlarning mazmun-mohiyati batafsil tushuntirildi.