Янгиликлар
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasida faoliyat yurituvchi xotin-qizlar tibbiy ko'rikdan o'tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni bilan tasdiqlangan “2022 — 2026-yillarda xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish bo‘yicha” Milliy dastur ijrosini ta’minlash, xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, onalik va bolalikni muhofaza qilish, salomatliklarini tiklashda ko‘maklashish, shuningdek, turli xil kasalliklar profilaktikasini tizimli tashkil etish maqsadida Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi tizimida faoliyat yuritayotgan barcha ayol xodimlar joriy yilning 5-6-iyul kunlari viloyat IIB poliklinikasida umumiy tibbiy ko‘rikdan o`tkazildi.