Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 451 11 48

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

Yangilanayotgan Konstitutsiyada tadbirkorlik faoliyati erkinligining hamda xususiy mulk daxlsizligining yangi konstitutsiyaviy kafolatlari


  Sud xususiy mulk himoyasida turib, fuqaro va tadbirkorlarning huquqlarini tiklash, tadbirkor va mulkdorlar huquqlarini har tomonlama himoya qilish bo‘yicha qo‘yilgan vazifalarning konstitutsiyaviy kafolatlarini kuchaytirishga xizmat qiladi. Jumladan, “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi umumxalq muhokamasiga qo‘yilib, 53-moddasiga o’zgartirishlar kiritilmoqda.

   Unda, davlat tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini va investitsiyaviy muhitni, shart-sharoitlarni ta’minlashi, tadbirkorlar qonunchilikda taqiqlanmagan har qanday faoliyatni amalga oshirishga, o‘z faoliyatining yo‘nalishini mustaqil ravishda tanlashga, tadbirkorlikdan cheklanmagan miqdorda daromad olishga haqli ekanligi belgilanmoqda.

 Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida tovarlarning, xizmatlarning, ishchi kuchining va moliyaviy mablag‘larning erkin harakatlanishi kafolatlanadi. Tovarlarning, xizmatlarning, ishchi kuchining va moliyaviy mablag‘larning harakatlanishini cheklashga qaratilgan chora-tadbirlar, agar ular xavfsizlikni, odamlarning hayoti va sog‘lig‘i himoya qilinishini, tabiat va madaniy meros ob’ektlari muhofaza qilinishini ta’minlash uchun zarur bo‘lsa, qonunchilikka muvofiq joriy etilishi mumkin. Iqtisodiy faoliyatda insofsiz raqobatga, monopollashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish natijalari qayta ko‘rib chiqilmaydi hamda bekor qilinmaydi.

   Tovarlar, xizmatlar, ishchi kuchi va moliyaviy mablag‘larning erkin harakatlanishi bozor iqtisodiyoti-ning eng muhim tamoyillariga sirasiga kiradi hamda iqtisodiy faoliyat va tardbirkorlik erkinli-gini amalda ta’minlashga xizmat qiladi. Konstitutsiyada mazkur tamoyilning mustahkamlanishi unga eng yuqori normativlikni taqdim etadi va unga mos ravishda erkin bozor iqtisodiyotini boshqa tamoyillarini tizimlashtirishga ham ijobiy ta’sir qiladi.

    Yana shuni ham aytishimiz mumkinki, 531-modda qo’shilib, “Hech bir shaxs o‘z mol-mulkidan sudning qarorisiz mahrum etilishi mumkin emas. Mulkni jamoat ehtiyojlari uchun majburiy ravishda boshqa shaxsga o‘tkazish qonunda nazarda tutilgan alohida hollarda hamda tartibda uning o‘rnini oldindan va teng qiymatda qoplash sharti bilan amalga oshirilishi mumkin”ligi belgilanmoqda.

Mazkur modda mulkdorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarining kafolatlari yanada kuchaytirilishiga olib keladi.