Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 451 11 48

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

Iyun oyining eng yaxshi xodimi aniqlandi


Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasida 2022-yilning iyun oyi uchun Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy xizmatlar bo‘limi yetakchi maslahatchisi Ostonaqulov Sherzod Erkinovich “Oyning eng yaxshi xodimi” deb topildi.

  Ostonaqulov Sherzod Erkinovich – 1995-yilda Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida tugʻilgan, millati oʻzbek, maʼlumoti oliy, huquqshunos. 2021-yil Toshkent davlat yuridik universitetini tamomlagan.

   Sh.Ostonaqulov mehnat faoliyatini 2021-yil Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasining Huquqiy ekspertiza va yuridik xizmatchilarning faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi yetakchi maslahatchisi lavozimidan boshlagan.

   Sh.Ostonaqulov 2022-yildan buyon Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy xizmatlar bo‘limi yetakchi maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

   Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi jamoasi Ostonaqulov Sherzod Erkinovichni ushbu eʼtirof bilan tabriklab, kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi.