Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 451 11 48

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Viloyat adliya boshqarmasi tomonidan "ANGLESEY FOOD" mas’uliyati cheklangan jamiyati murojaatiga asosan "KORZINKA.UZ" xizmat ko'rsatish belgisidan huquq egasining ruxsatisiz foydalanish holati aniqlandi.


   Viloyat adliya boshqarmasi tomonidan "ANGLESEY FOOD" mas’uliyati cheklangan jamiyati murojaatiga asosan "KORZINKA.UZ" xizmat ko'rsatish belgisidan huquq egasining ruxsatisiz foydalanish holati aniqlandi.Termiz shahrida joylashgan xizmat ko'rsatish binosida "KORZINKA.UZ" so'zidan mahalliy tadbirkor tomonidan qonunga xilof ravishda foydalanib kelinayotganligi aniqlandi.Mazkur holat bo'yicha viloyat adliya boshqarmasining qonun hujjatlarining buzilishi, ularning sabablari va bunga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish to'g'risidagi taqdimnomasiga asosan "KORZINKA.UZ" so'zi xizmat ko‘rsatish binosi peshlavhasidan olib tashlanib qonunbuzilish holati bartaraf etildi. Ma'lumot uchun, shunga o'xshash holat joriy yilning 26-may kuni ham sodir bo'lgandi. (https://t.me/surxondaryoadliya/1515)


   Unutmang! "Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida"gi qonunga binoan tovar belgisidan huquq egasining ruxsatisiz foydalanish tovar belgisiga doir mutlaq huquqni buzish deb eʼtirof etiladi.