Янгиликлар
SHerobodda seminar tashkil etildi
Sherobod tumanidagi madaniyat markazida Surxondaryo viloyati Adliya boshqarmasi mas’ul xodimi Sh.Ostonaqulov, Sherobod tuman Adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi hamda "UNICON-SOFT" kompaniyasi xodimlari ishtirokida tumandagi tegishli idora va tashkilotlar mas’ullari ishtirokida seminar tashkil etildi. Ishtirokichlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29 iyundagi PQ-5168-sonli "Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Qarori hamda 2022 yil 18 martdagi "Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-173-sonli Qarorining mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida huquqiy tushuntirishlar berildi.