Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 451 11 48

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Konstitutsiyaviy islohotlar – inson manfaatlariga xizmat qiladi mavzusida uchrashuv o‘tkazildi


Muzrabot tuman adliya bo‘limi tomonidan  joriy yilning 16-iyul kuni tumandagi 9206-sonli harbiy qismida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar ishtirokida konstitutsiyaviy qonun loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan ochiq muloqot tarzidagi davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Ochiq muloqot davomida tuman adliya bo‘limi xodimlari Konstitutsiyamizga kiritilishi kutilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga alohida to‘xtalib, bu haqda harbiy xizmatchilarga batafsil tushunchalar berib o‘tdi.



Shuningdek, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ulkan islohotlar, xususan, Harakatlar strategiyasidan Taraqqiyot strategiyasiga o‘tish jarayonlari, Bosh qomusimizni “Inson – jamiyat – davlat” tamoyili asosida takomillashtirishning hayotiy zarurati va ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bildirdilar.