Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 451 11 48

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Bilasizmi?


Ta’lim muassasalarida o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritayotgan nufuzli xalqaro olimpiadalar g‘oliblari lavozim maoshiga har oy 150 foiz, asosiy olimpiadalar respublika bosqichi g‘oliblari lavozim maoshiga har oy 100 foiz miqdorida ustama haqi to‘lanadi (https://lex.uz/ru/docs/5621189).

Bunda:

ustamalar nufuzli xalqaro olimpiadalar va asosiy olimpiadalar o‘tkaziladigan fanlar bo‘yicha aynan g‘oliblikni qo‘lga kiritgan fanidan dars berayotgan olimpiada g‘olibiga beriladi;

ta’lim muassasalarida o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritayotgan nufuzli xalqaro olimpiadalar va asosiy olimpiadalar respublika bosqichi g‘oliblari tomonidan g‘oliblikni tasdiqlovchi hujjat yoki sertifikat taqdim qilinadi.