Янгиликлар
Kontrafakt mahsulotlardan ogoh bo'ing!
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish bo'limi tomonidan Surxondaryo viloyati, Termiz shahrida joylashgan Termiz shahar dehqon bozori hamda Yashil dunyo dehqon bozori hududida kontrafakt mahsulotlardan ogoh etuvchi targ'ibot bannerlari joylashtirildi.
Shuningdek, mazkur bozorlar hududida kontrafakt mahsulotlardan ogoh etuvchi targ'ibot audio materiallari muntazam ravishda radiouzel orqali aholiga eshittirib borilishi ta'minlandi.
Hurmatli fuqarolar hamda tadbirkorlar diqqatiga:
Kontrafakt mahsulotlardan ogoh bo'ling, qalbaki mahsulotga aldanib, o'zingizning hamda yaqinlaringizning sog'ligiga bee'tibor bo'lmang.