Янгиликлар
22-sentabr “Xalqaro avtomobilsiz kun”
Bugun erta tongdan avtomobilsiz kun aksiyasi doirasida Surxondaryo viloyat adliya organlari xodimlari ishga avtomobilsiz piyoda kelishdi. Shahrimiz va tuman adliya organlari xodimlari yaqin va olis manzillarni piyoda bosib o‘tishib, “Shaxsiy namuna” tamoyili asosida aksiyada faollik ko‘rsatishdi.
1995-yildan beri bu sana World Car Free Days konsorsiumi tashabbusi bilan dunyoning yuzlab shaharlarida o'tkazib kelinmoqda.
Ma'lumot uchun: Hukumat qarori (https://lex.uz/docs/5134941) bilan 2021-yildan boshlab 22-sentyabr respublika bo'yicha “Avtomobilsiz kun” sifatida e'lon qilingan. Shu kuni shaxsiy avtomobilda harakatlanishdan ixtiyoriy ravishda voz kechish tavsiya etiladi.