Янгиликлар
Termiz shahar adliya bo‘limi tomonidan fuqaroning murojaati qanoatlantirilib, vafot etgan shaxsning o‘limi qayd etildi.
Теrmiz shahar adliya bo‘limi tomonidan fuqaro S.M-ning murojaatini o‘rganish natijasida, S.M-ning farzandi X.Sh. 25 yil avval vafot etganligi, biroq uning o‘limi tegishli tartibda qayd etilmaganligi va buning oqibatida o‘lim haqida guvohnomasi olinmaganligi aniqlandi. Fuqaro o‘ziga Byudjeddan tashqari pensiya bo‘limidan ijtimoiy himoya yagona reysteri orqali moddiy yordam olish uchun murojaat qilganida, uning 25 yil oldin vafot etgan farzandi X.Sh. FHDY ning elektron arxividagi oila tarkibida mavjud bo‘lganligi bois arizasi rad etilgan. Ushbu holat shahar adliya bo‘limi tomonidan atroflicha o‘rganilib, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Termiz tumanlararo sudiga fuqaroning “O‘lim faktini belgilash haqida” ariza kiritildi. Ariza Sudning hal qiluv qaroriga ko‘ra qanoatlantirilib, farzandining o‘limi tegishli tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilishiga erishildi.