Янгиликлар
Adliya vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo’limi hamda Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan mahalliy OAV vakillari va blogerlar ishtirokida press-tur tashkil etildi.
Xabaringiz bor, Adliya vazirligi matbuot xizmati tomonidan joylardagi OAVlar bilan ochiq muloqotlarga start berildi. Bu kabi tadbirlar barcha hududlarda o‘tkazib kelinmoqda. Navbatdagi manzil aynan Surxondaryo viloyati bo‘ldi. Muloqot davomida Adliya vazirligi matbuot kotibi Sevara Urinbaeva hududda faoliyat yuritayotgan bosma va elektron OAV vakillari, davlat organlari va tashkilotlarining axborot xizmati xodimlari va blogerlar bilan media hamjamiyatining jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda, feyk va turli axborot xurujlariga qarshi kurashish hamda media va huquqiy savodxonlikni ilgari surishdagi o‘rni, huquqiy manbalar bilan ishlashning o‘ziga xos jihatlari haqida fikr almashdi. Tadbirda adliya tizimidagi yangiliklar, adliyaning asosiy qadriyatlari, ochiqlik va shaffoflik, qonuniylikni ta’minlash borasidagi faoliyatiga ham to‘xtalib o‘tildi.
Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan muloqot davomida vazirlik matbuot kotibi o‘z kasbiy tajribasi bilan o‘rtoqlashdi hamda sohaga oid materiallarni yoritishda qonuniylik, xolislik va ob’ektivlikni ta’minlash, tanqidiy materiallarga tezkorlik bilan rasmiy munosabat bildirish, media makonda axborot xizmatlarining o‘rni va rolini yanada kuchaytirish yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.
Shuningdek, shu kunning o‘zida Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i Sunnatillo Abdurasulovning 2022 yilning shu davriga qadar adliya organlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axboroti tinglandi. Matbuot-anjumanining savol-javob qismi keskin munozara va muhokamalarga boy tarzda o'tdi. Ayniqsa fuqarolar ko'p murojaat qilayotgan sohalar ya'ni yuridik xizmat ko‘rsatish va davlat xizmatlari sohasiga oid murojaatlarga aynan soha mutaxassislaridan javoblar olishdi. Matbuot anjumanidan so'ng Termiz shahar Davlat xizmatlari markazi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlariga press-tur uyushtirildi. Bu yerda aholiga ko'rsatiladigan xizmat turlari, murojaatlar bilan ishlash jarayonlari batafsil tushuntirildi. Adliya vazirligi mas’ullari, mahalliy jurnalist va blogerlar ishtirokida Surxondaryo viloyatiga uyushtirilgan press-tur tizimdagi islohotlar, jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash borasidagi faoliyati bilan tanishtirish barobarida Surxondaryo tarixi, vohaliklarning o‘y- tashvishlari , orzu-umidlari bilan tanishish imkonini ham berdi.