Янгиликлар
Advokat bo‘lish uchun qanday talablar mavjud?
"Advokatura to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 3-moddasiga muvofiq, advokat bo‘lish uchun quyidagi talablar mavjud. Unga ko‘ra:
Oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan;
Advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi lisenziyani olgan;
O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi O‘zbekiston Respublikasida advokat bo‘lishi mumkin.
Advokat bir vaqtning o‘zida yana qanday faoliyat bilan shug‘ullanishi mumkin?
Advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslar bir vaqtning o‘zida: ilmiy va pedagogik faoliyat;
O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasidagi va uning hududiy boshqarmalaridagi faoliyat;
patent vakili va mediator sifatidagi faoliyat;
shartnomaviy-huquqiy asosda davlat organlarining, xo‘jalik boshqaruvi organlarining, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining yuridik xizmati xodimi sifatidagi faoliyat;
hakamlik sudlarida va xalqaro tijorat arbitrajlarida (sudlarida) sudya sifatidagi faoliyatlar bilan shug‘ullanishlari mumkin.