Янгиликлар
Mediatsiya bo‘yicha umumiy tushunchalar
Mediatsiya — kelib chiqqan nizoni taraflar o‘zaro maqbul qarorga erishishi uchun ularning ixtiyoriy roziligi asosida mediator ko‘magida hal qilish usulidir.
Mediator — mediatsiyani amalga oshirish uchun taraflar tomonidan jalb etiladigan shaxs xisoblanadi.
Mediativ kelishuv — mediatsiyani qo‘llash natijasida mediatsiya taraflari tomonidan erishilgan kelishuvdir.
Mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish to‘g‘risidagi kelishuv — taraflarning tuzilgan paytdan e’tiboran mediatsiya tartib-taomili amalga oshiriladigan kelishuvidir.
Mediatsiyani qo‘llash to‘g‘risidagi kelishuv — nizo kelib chiqquniga qadar yoki u kelib chiqqanidan so‘ng taraflarning nizoni mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirgan holda hal etish zarurligi to‘g‘risida tuzilgan kelishuvi.