Янгиликлар
Mediatsiya ishtirokchilari, taraflarining huquq va majburiyatlari
Mediatsiya ishtirokchilari - taraflar va mediator mediatsiya ishtirokchilaridir. Jismoniy shaxslar ham, yuridik shaxslar ham mediatsiya taraflari bo‘lishi mumkin.
Mediatsiya ikki va undan ortiq taraflar o‘rtasida bo‘lishi, shuningdek bir yoki bir nechta mediator tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Taraflar mediatsiyada shaxsan yoki o‘z vakili orqali qonun ҳujjatlariga muvofiq ishtirok etadi.
Mediatsiya taraflari- mediatorni ixtiyoriy ravishda tanlashga, mediatordan voz kechishga, mediatsiyaning istalgan bosqichida unda ishtirok etishdan voz kechishga, mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirishda qonun ҳujjatlarida belgilangan tartibda shaxsan yoki o‘z vakillari orqali ishtirok etishga haqli.
Mediatsiya taraflari o‘z o‘rtalarida tuzilgan mediativ kelishuvni ushbu kelishuvda nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda bajarishi shart.
Mediatsiya taraflari qonun ҳujjatlariga muvofiq boshqa ҳuquqlarga ham ega bo‘lishi va ularning zimmasida o‘zga majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
Mediatorga doir talablar - mediatorning faoliyati professional yoki noprofessional asosda amalga oshirilishi mumkin.
Professional asosdagi mediator faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan mediatorlarni tayyorlash dasturi bo‘yicha maxsus o‘quv kursidan o‘tgan, shuningdek Professional mediatorlar reestriga kiritilgan shaxs amalga oshirishi mumkin.
Noprofessional asosdagi mediator faoliyatini yigirma besh yoshga to‘lgan va mediator vazifalarini bajarishga rozilik bergan shaxs amalga oshirishi mumkin.
Noprofessional asosdagi mediator faoliyatini amalga oshiruvchi shaxs ham O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan mediatorlarni tayyorlash dasturi bo‘yicha maxsus o‘quv kursidan o‘tishi mumkin.
Quyidagilar:
davlat vazifalarini bajarish uchun vakolat berilgan yoki unga tenglashtirilgan shaxs;
muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topilganligi to‘g‘risida sudning qonuniy kuchga kirgan ҳal qiluv qarori mavjud bo‘lgan shaxs;
sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxs;
o‘ziga nisbatan jinoiy ta’qib amalga oshirilayotgan shaxslar mediator bo‘lishi mumkin emas:.
Mediatorning faoliyati tadbirkorlik faoliyati hisoblanmaydi.