Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 451 11 48

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

Huquqiy axborotni tarqatish va targ‘ibotni amalga oshirish bo‘yicha maxsus seminar tashkil qilindi


Joriy yilning 30-sentyabr kuni Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi tomonidan hududiy boshqarma va idoralar , ularning hududiy bo‘linmalarida hamda mahalliy hokimliklarda huquqiy axborotni tarqatish hamda ularning mohiyati va ahamiyatini aholi o‘rtasida tushuntirishni tashkil etish boʻyicha maxsus seminar-trening o‘tkazildi.

 

Seminar davomida ishtirokchilarga qonunchilik hujjatlarini davlat organlari va tashkilotlariga yetkazish, ularning mohiyati va ahamiyatini ijrochilar va aholiga yetkazishda manzilli va samarali ishni tashkil qilish yuzasidan tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.


   Shuningdek, viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi tomonidan huquqiy targ‘ibot tadbirlarini monitoring qilish va baholash bo‘yicha maxsus elektron portalni yuritishda yo‘l qo‘yilayotgan muammolar tahlil qilinib, ularni bartaraf qilish yuzasidan yechim va takliflar ilgari surildi.