Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 451 11 48

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

Kadastr hujjati bepul bo’ldimi?


Respublikamizda aholiga qulaylik yaratish, xududlardagi mavjud resurslardan samarali foydalanish, aholiga maishiy, savdo, transport, tibbiy va boshqa turdagi zamonaviy xizmatlarni ko'rsatishda qulayliklar yaratish hamda aholining turmush darajasini yanada oshirish maqsadida aholi punktlari chegaralariga o’zgartirishlar kiritiladi. Xabaringiz bor, bir tuman yoki shaharning ma’lum bir qismini ikkinchi tuman yoki shaharga qo’shilishi yoki yangi tuman/shahar shaklida tashkil etilishi, kelgusida ushbu hududlarda yashovchi aholining yashash manzili nomiga kadastr xujjatlariga tegishli o’zgartirishlar kiritish zaruratini yuzaga keltiradi. O’z navbatida fuqarolar mavjud kadastr xujjatlarini yangisiga almashtirishda qonunchilik xujjatlariga muvofiq ma’lum bir to’lovlarni amalga oshirar edi.

Joriy yilning 28 sentyabr kuni qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining 541-son qarori bilan Hukumatning 2014 yil 10 iyuldagi “Davlat kadastr sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish to’g’risida”gi 186-son qaroriga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi. Unga muvofiq endilikda qonunchilik xujjatlariga muvofiq aholi punktlarining nomlanishi va chegaralari o’zgarganda, shu jumladan bir xududdan boshqa hududga o’tkazilganda (turar yoki noturar ko’chmas mulk obektida rekonstruksiya, qo’shimcha va aloxida qurilish mavjud bo’lgan xollar bundan mustasno) davlat xizmatlari ko’rsatilganligi uchun yig’imlar undirilmasligi belgilandi.

 

Sariosiyo tuman adliya bo’limi Davlat xizmatlari Markazi bosh mutaxassisi Baxrom Suvonov.