Янгиликлар
Denov tumani Adliya bo‘limi yilning 3-choragini yakunladi
Denov tumani Adliya bo‘limi Inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish bo‘linmasi yetakchi maslahatchisi 3-darajali adliya maslahatchisi Chori Jo‘raev bilan tumandagi fuqarolarning huquqlarini himoya qilish borasida qilingan ishlari haqida suhbatlashdik. U yil yakunlari bo‘yicha qilingan ishlar yuzasidan quyidagilarni bildirdi.
-Denov tumani Adliya bo‘limi tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori va shu qaror bilan tasdiqlangan Nizomga asosan, hamda “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi ta’minlanib kelinmoqda,- deydi adliya maslahatchisi Chori Jo‘raev. Jumladan, tuman Adliya bo‘limiga 2022 yilning 1 oktyarb sanasiga qadar 388 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 59 taga ko‘paygan.(2021 yilda 329 ta murojaatlar kelib tushgan). Ushbu murojaatlarning 93 tasi (28,2 foizi), (2021 yil davomida kelib tushgan murojaatlarning 104 tasi yoki 26,8 foizi) sayyor qabullar jarayonida kelib tushgan. Xususan joriy yilda kelib tushgan murojaatlarning 288 tasi (o‘tgan yildan 151 ta ko‘p o‘tgan yilda 137 ta) ya’n 52,4 foizi shikoyat (o‘tgan yili 41,6 foizini tashkil qilgan), 100 tasi yani 34,7 foizi (2021 yil davomida 192 ta yoki 58,3 foizi) arizalarni tashkil etgan.
Kelib tushgan 388 murojaatlarning 386 tasi yoki 98,0 foizi bo‘lim xodimlari tomonidan hal etilgan bo‘lsa (o‘tgan yili ushbu ko‘rsatkich yil davomida 323 ta yoki 98,1 foizni tashkil etgan) hal yetilgan va umumiy murojaatlarning 2 tasi ya’ni 0,5 foizi (o‘tgan yili 6 tasi 1,8 foizi) tegishliligi bo‘yicha o‘rganish uchun boshqa tashkilotlarga yuborilgan. Adliya bo‘limiga kelib tushgan murojaatlarni o‘rganish natijalari bo‘yicha;
388 ta murojaatlarning 346 tasi ya’ni 89,40 foizi (ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yili 323 tani tashkil qilgan) hal etilgan bo‘lib, murojaatlarning 268 tasi ya’ni o‘tgan yilgidan 91 ta ko‘p bo‘lgan miqdorda qanoatlantirilgan. Mazkur ko‘rsatkich joriy yilning 9 oyi davomida kelib tushgan umumiy murojaatlarning 69,0 foizini tashkil qilgan, (ushbu ko‘rsatkich, 53,7 foizni tashkil qilgan), 77 ta ya’ni 19,8 foiz murojaatlarga (o‘tgan yili ushbu ko‘rsatkich 146 ta ya’ni umumiy murojaatlarning 44,3 foizini tashkil qilgan) huquqiy tushuntirish berilgan. Adliya bo‘lim xodimlariga kelib tushgan murojaatlarning 52 tasi ya’ni 13,4 foiz (o‘tgan yilgi ko‘rsatkich 57 ta yani17,3 foizi) joyiga chiqib o‘rganilgan va murojaatlarni qonuniy o‘rganib chiqish uchun ma’lumotlar taqdim etishga 127 ta (o‘tgan yili 138 ta) talabnoma kiritilgan va mutaxassislarni jalb etish haqida 27 ta (o‘tgan yili 62 ta) talabnomalar berilgan.
Xususan bo‘limga kelib tushgan shikoyatlarning xususiyatiga ko‘ra, 47 ta (o‘tgan yili 40 ta)sini mehnat nizolariga oid, 29 tasi (o‘tgan yili 26 ta) ijtimoiy himoyaga doir hujjatlar, uy-joyga nisbatan 24 tasi (o‘tgan yili 17) ta uy-joyga doir qonunlar yuzasidan, 10 tasi (o‘tgan yili 14 ta) kommunal to‘lovlar yuzasidan, 9 ta(o‘tgan yili 5 ta)si soliq sohasiga oid, 36 ta(o‘tgan yilgi ko‘rsatkich 16 tani tashkil qilgan) yerga doir qonun hujjatlari yuzasidan, 15 ta (o‘tgan yili 9 ta)si bank faoliyatiga doir va kelib tushgan arizalar xususiyatiga ko‘ra, 68 ta ( o‘tgan yilgi ko‘rsatkich 192 ta) boshqa masaladagi shikoyatlar hamda qonun hujjatlariga oid huquqiy tushuntirish berishni so‘rab, 36 va boshqa masalalarga oid 61 ta arizalar kelib tushgan. Tuman Adliya bo‘limi tomonidan fuqarolarning murojaatlari bo‘yicha, 2022 yilning 9 oyi davomida kiritilgan da’vo arizalari 113 ta holatda jami 7 142 302000 so‘m (2021 yil davomida 46 ta da’vo arizalar sudlarga kiritilb da’vo arizalar so‘mmasi 6 801 045 085 so‘m)ni tashkil qiladi. Ushbu sohada ko‘rsatkichlar o‘tgan yilga nisbatan 59,3 foiz o‘sganligi kuzatildi.
Tuman Adliya bo‘limi tomonidan 2022 yilda inson huquqlarini himoya qilish sohasida tumandagi 11 ta davat tashkilotlari 35 marotaba (2021 yilning 12 oyida 17 ta davlat tashkilotlarida 31 marotaba) o‘rganishlar olib borilgan.
Shundan, joriy yilning 9 oyi davomida 22 marotaba (o‘tgan yil davomida esa, 24 marotaba) murojaatlar asosida va 7 marotaba (o‘tgan yil davomida 10 marotaba) monitoringlar o‘tkazilgan bo‘lib, jami 2022 yilda 2097 ta (2021 yil davomida esa, 677 ta) qonun buzilish holatlari aniqlangan.
Tuman Adliya bo‘limi tomonidan 2022 yilda inson huquqlarini himoya qilish sohasida murojaatlarni ko‘rib chiqish, o‘tkazilgan o‘rganishlar va monitoringlarda aniqlangan qonun buzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan davlat organlari va tashkilotlariga 370 ta (2021 yil davomida 31 ta) taqdimnomalar va 2 ta ogohnomalar kiritildi. Jumladan, tuman Adliya bo‘limi tomonidan inson huquqlarini himoya qilish sohasida kiritilgan taqdimnomalarga asosan, 430 ta (o‘tgan yilgi ko‘rsatkich 2 tani tashkil qilgan) hujjatlar bekor qilingan. 7 nafar (2021 yilning 12 oyi davomida 15 nafar) shaxslar intizomiy javobgarlikka tortilgan. O‘tgan yili 2 nafar shaxsning mehnat shartnomasi bekor qilingan bo‘lsa, bu yilning hisobot davrida mehnat shartnomasi bekor qilinishi holati kuzatilmadi. Taqdimnomalarni ko‘rib chiqish davomida davlat organlari tomonidan jismoniy shaxslarga 150 000 000 so‘m to‘lab berilishiga erishilgan.
“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun mohiyati bo‘yicha 9 ta targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilgan. Tadbirlarda ishtirok etgan davlat idoralari va tashkilotlarining xodimlari va fuqarolardan iborat jami 680 nafar ishtirokchilarga Qonunning mazmun mohiyati tushuntirilib berilgan.
Feruza To‘raeva,
Denov tumani hokimining matbuot kotibi, axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi.