Янгиликлар
06
Ochiq eshiklar kuni
Bandixon tuman adliya bo'limi davlat xizmatlari markazi tashabbusi bilan tumandagi 43-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi o'quvchilari uchun ochiq eshiklar kuni tashkil etildi. O’quvchilar davlat xizmatlari markazi faoliyati, markazdagi jonli jarayonlar bilan bevosita tanishishdi. Fuqarolar bilan ishlash, ularning murojaatlarini qanoatlantirish tartibi o’quvchilarda sohaga oid dastlabki bilimlarning shakllanishiga asos bo’ldi. Jarayon davomida o'quvchilar o’zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.