Янгиликлар
“Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonun davlat fuqarolik xizmatchilariga targ‘ibot qilindi.
Hududlarda “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati davlat fuqarolik xizmatchilariga yetkazishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Ana shunday tadbirlardan biri Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi xodimlari uchun tashkil etildi. Targ‘ibot tadbiri davomida viloyat adliya boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Q.Ulug‘ov Qonunning mazmun-mohiyati, ushbu qonun bilan xayotga tatbiq etilayotgan yangiliklar xususan, davlat fuqarolik xizmatiga kirish tartibi, lavozimlarning malaka darajalari, davlat fuqarolik xizmatchisining faoliyati samaradorligini baholash, milliy kadrlar zaxirasi, ish vaqti va mehnatga haq to‘lash tartibi to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berib o‘tdi.