Янгиликлар
Nikoh tuzishga monelik qiladigan holatlar qaysilar?
Nikoh tuzishga:
▪️ loaqal bittasi roʻyxatga olingan boshqa nikohda turgan shaxslar oʻrtasida;
▪️ nasl-nasab shajarasi boʻyicha toʻgʻri tutashgan qarindoshlar oʻrtasida, tugʻishgan va oʻgay aka-ukalar bilan opa-singillar oʻrtasida, shuningdek, farzandlikka oluvchilar bilan farzandlikka olinganlar oʻrtasida;
▪️ loaqal bittasi ruhiyat buzilishi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) sababli sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslar oʻrtasida yoʻl qoʻyilmaydi.
Asos: Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 16-moddasi.