Янгиликлар
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 2022 yilning o‘tgan 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
Viloyatda faoliyat yuritayotgan jurnalist va blogerlar, shuningdek, tizimga aloqador tashkilotlar xodimlari ishtirokidagi anjuman avvalida Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Abror Raxmatovning 3 chorak yakunlari bo‘yicha axboroti tinglandi.
Unga ko‘ra, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida boshqarma tomonidan jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 6907 ta murojaatning 6203 tasi hal etilib, shundan 3889 tasi yoki 62.7 foizi qanoatlantirilgan. 2307 tasiga huquqiy tushuntirish berilib, 5 tasi rad etilgan. Shuningdek, boshqarmaning “Ishonch telefoni”ga kelib tushgan 253 ta murojaatning 221 tasi hal etilib, shundan 140 tasiga huquqiy tushuntirish berilganligi qayd etildi.
Matbuot anjumani davomida jurnalist va blogerlar tomonidan fuqarolar tomonidan eng ko'p foydalaniladigan davlat xizmatlari, nikoh va nikohni qayd etish jarayonlari, shuningdek, adliya organlari tomonidan olib borilgan monitoringlar hamda ularning natijalari borasida savollar berildi.