Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 451 11 48

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

21-Oktabr - o'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun


1989-yil 21-oktabrda O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilindi. Ushbu Qonunning 1-moddasi va Konstitutsiyamizning 4-moddasida “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tili” ekanligi va O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analari hurmat qilinishini ta’minlanishi ham belgilab qo‘yilgan.

 

O‘zbek tilining xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini yuksaltirish uchun milliy va umumbashariy tushunchalar asosida taraqqiy etgan tillar safiga kiritishda o‘z hissamizni qo‘shishimiz talab etiladi.


Ushbu bayram munosabatI bilan, Boysun tuman adliya bo‘limi tomonidan tuman MTB, Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi mas’ullari hamkorligida tumandagi 11 sonli DMTTda jajji bolajonlar ishtirokida “Til – millat ko‘zgusi” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazilib, bolajonlarga tilimiz haqidagi dastlabki huquqiy tushunchalar berildi.