Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 451 11 48

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

#Adliya_xabari


  Bugun aholiga qulaylik yaratish, turmush sharoitlarini yaxshilash borasida bir qator amaliy sa'y-harakatlarga qo'l urilmoqda-ki, barchasining tag zamirida xalqimiz hayot sifatini yaxshilash maqsadi mujassam.

 

⚡️ Xususan, Sherobod tumani markazidan 40 km uzoqlikda joylashgan tog'li Poshxurt qishlog'i aholisi uchun Davlat xizmatlari markazining "Uch yog'och" filiali ochilishi , shu yerlik xalq vakillarining davlat xizmatlaridan mahallaning o'zida turib foydalanish imkoniyati yaratilganligi barchani birdek quvontirdi.


   Sherobod tuman adliya bo'limi davlat xizmatlari markazining "Uch yog‘och" filiali shu hududdagi 7 ta mahalla, ya’ni "Uchyog‘och", "Poshxurt", "Chorbog‘", "Vandob", "Qiziolma", "Zarabog‘" va "Qorabog‘" mahallaridagi 13 ta qishloqning 24000 dan ziyod aholisiga davlat xizmatlari ko‘rsatadi.