Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 451 11 48

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

#Adliya_aralashuvi_bilan


Denov tuman adliya bo‘limi tomonidan   tumandagi "Yangi hayot" MFY "H.Olimjon" ko‘chasi 6 uyda yashovchi fuqaro M.Erkinovaning   2015-yilda ota-onasi vafot etganligi, ammasi M.Xidirovaning vasiyligida ekanligi hozirgi kunda Denov Tadbirkorlik va pedagogika institutida 1-bosqichda tahsil olishi, doimiy ish bilan ta’minlanishida muammolarga duch kelayotganligi yuzasidan yo‘llagan murojaati ko'rib chiqildi.

Tumandagi 98-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori va Kadrlar bo‘yicha menedjeri bilan hamkorlikda fuqaro Erkinovaning murojaati o‘rganib chiqilib , shu maktabga laborant sifatida doimiy ishga qabul qilinishi yuzasidan mehnat shartnomasi tuzilishiga erishildi.