Янгиликлар
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasining Inson huquqlarini himoya qilish sohasida 2022 yilning 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar haqida
Adliya organlari faoliyatida shaffoflikni to‘liq ta’minlash, aholi bilan muloqotni yangi darajaga ko‘tarish, manfaatdor shaxslarga adliya faoliyati bo‘yicha keng hajmli axborot berish maqsadida adliya vazirining 2019 yil 12 fevraldagi 52-um-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Ochiq adliya” (“Open Justice”) dasturini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasining 32-bandi ijrosi yuzasidan Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasining Inson huquqlarini himoya qilish sohasida 2021 yil davomida viloyat adliya boshqarmasi hamda hududiy adliya organlari (tuman, shahar adliya bo‘limlari) tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar va ko‘rib chiqilgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari tahlil qilindi.
Jumladan, murojaatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha:
O‘tkazilgan tahlillar shuni ko‘rsatadiki, 2022 yilning 9 oyi davomida Viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlariga jami 4 424 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, shundan
Jami ko‘rib chiqilgan 3988 ta murojaatlarning 2838 tasi (71 %) qanoatlantirilgan.
Shundan, bevosita boshqarmaning inson huquqlarini himoya qilish bo‘limi tomonidan hal etilgan 1024 ta murojaatlarning 525 tasi qanoatlantirilgan bo‘lsa,
499 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan.
Tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan 2 964 ta murojaatlar ko‘rib chiqilish natijasida 2 313 ta qanoatlantirilib, 651 ta huquqiy tushuntirish berilgan.
II. O‘tkazilgan o‘rganishlar bo‘yicha:
Qayd etilgan davrda inson huquqlarini himoya qilish maqsadida
412 ta tashkilot, idoralarda 675 ta nazorat (o‘rganish, monitoring) tadbirlari o‘tkazilgan. O‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida 8 155 ta qonun buzilish holatlari aniqlangan.
Aniqlangan qonunbuzilishlar natijasida tegishli idoralarga 1421 ta taqdimnoma kiritilgan. Taqdimnomalar natijasida 564 ta hujjat ijrosi to‘xtatilgan va bekor qilingan, 1 723 040 000 so‘m pul mablag‘lari fuqarolarga to‘lab berilgan, 810 nafar aybdor shaxslar intizomiy javobgarlikka tortilgan, shulardan 10 nafar shaxslar bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan.
Shuningdek, qonunchilikni buzish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan
1 415 ta ogohnoma kiritilgan, shu bilan birga, qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘ygan 278 nafar mansabdor shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
Ushbu davr davomida fuqarolarning manfaatlarini ko‘zlab, sudlarga
15 mlrd. 784 mln. so‘mlik 1 443 ta da’vo arizalari kiritilgan.
Xususan, Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi xodimi (vrach nevropatolog) A.Qarshievning koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish doirasida bemorlar bilan ishlagan vaqtida koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan bo‘lsada, unga bir yo‘la to‘lab berilishi lozim bo‘lgan 100 mln so‘mlik to‘lov pullari to‘lab berilmayotganligi, shu maqsadda turli xil idoralarga murojaat etgan bo‘lishiga qaramasdan, mazkur murojaatlari natijasiz qolib kelayotganligidan norozi bo‘lib yo‘llagan murojaati o‘rganib chiqilib, o‘rganish natijalariga ko‘ra Termiz tumanlararo fuqarolik sudiga daʼvo arizasi kiritilib, sud muhokamasi natijalariga ko‘ra fuqaro huquq va manfaatlari tiklanib, 100 mln so‘m to‘lov to‘liq to‘lab berilishiga erishildi.
Shuningdek, Uzun tumani, “Oqmachit” mahallasida yashovchi fuqaro H.Qarshiyevning o‘zi va turmush o‘rtog‘i Samarqand viloyati Pasdarg‘om tumanidan kelib Uzun tumanidagi 34-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘tuvchi vazifasida ishlab kelganligi, tuman xalq ta’limi bo‘limi tomonidan ijara pullari va bir martalik kompensatsiya puli to’lab berilmayotganligi, shu maqsadda turli xil idoralarga murojaat etgan bo‘lishiga qaramasdan, mazkur murojaatlari natijasiz qolib kelayotganligidan norozi bo‘lib yo‘llagan murojaati o‘rganib chiqilib, o‘rganish natijalariga ko‘ra Surxondaryo viloyat xalq ta’limi boshqarmasiga taqdimnoma kiritilib, fuqarolar H.Qarshiyev va uning turmush o‘rtog‘i B.Kabulovalarga 32 400 000 so‘m bir martalik boshlang‘ich yordam puli va ijarada turganlik uchun har oylik kompensatsiya pullari to‘liq to‘lab berilishiga erishildi.
Termiz shahar, “Pattakesar” mahallasi, X.Axror ko‘chasi, 5/3-uyda yashovchi fuqaro Y.Zoirovaning moddiy yordam pullari to‘lab berilmaganligidan norozi bo‘lib yo‘llagan murojaati o‘rganib chiqilib, o‘rganish natijalariga ko‘ra, fuqaro Y.Zoirovaga moddiy yordam pullari undirib berilib, qonunbuzilishiga yo‘l qo‘yilganligi sababli, “Termiz” davlat muzey-qo‘riqxonasining mansabdor shaxslariga nisbatan ma’muriy javobgarlik masalasini ko‘rib chiqish uchun Surxondaryo viloyat Bandlik bosh boshqarmasiga ma’muriy taklif kiritilib, mazkur taklifga ko‘ra “Termiz” davlat muzey-qo‘riqxonasi bosh direktori O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 49-moddasi 1-qismi asosan ma’muriy javobgarlikka tortildi.
Xulosa qilib aytganda inson huquqlari barchamiz uchun eng oliy qadriyat hisoblanadi. Shuning uchun har birimiz fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilishda bor kuch g‘ayratimizni ishga solishimiz va bu borada olib borilayotgan ezgu ishlarga o‘z hissamizni qo‘shishimiz lozim.
Bu kabi, Inson huquqlarini himoya qilish sohasida adliya organlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida fuqarolarni muntazam habardor qilib borish aholining adliya organlariga nisbatan ishonchini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi
Inson huquqlarini himoya qilish bo‘limi boshlig‘i Sh.Tilovov