Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 451 11 48

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Denov tumani Adliya bo'limi Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida targ’ibot tadbiri tashkil etildi.


Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabalariga Davlat xizmatlaridan masofaviy foydalanish haqida batafsil tushunchalar berildi. 


Jumladan, talabalarga "My.gov.uz" portali va uning imkoniyatlari xususida kerakli tavsiyalar berildi.


 Xususan, https://id.egov.uz sayti orqali ro'yxatdan o'tish bosqichlari to'g'risida tushunchalar berilib, amalda ko'rsatildi. Davlat xizmatlari sohasidagi yangiliklardan iborat bo'lgan "flayer" lar ham talabalarga tarqatildi. 


Targ’ibot so'nggida Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan talabalarni qiziqtirgan savollariga to'liq va tushunarli tarzda javoblar berildi.