Янгиликлар
#Sayyor_qabul
Boysun tuman adliya bo‘limi tomonidan Davlat xizmatlari markazi hamkorligida tumandagi “Xo‘jabulg‘on” mahallasi fuqarolari uchun huquqiy targ‘ibot tadbiri va sayyor qabul tashkil etildi.
Dastlab, ishtirokchilarga “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni loyihasi, “O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi Qonuni, “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni, “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi, “Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun-mohiyati batafsil tushuntirildi.
Shuningdek, aholidan kelib tushgan murojaatlar tinglanib, 2 nafar fuqarolarning og‘zaki murojaatlari o‘rganish uchun adliya bo‘limining ish yurituviga qabul qilindi.