Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 451 11 48

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

#Sayyor_xizmat_qulay_imkoniyat


Insonga baxtli lahzalarni hadya etish uchun unga ko‘mak qo'lini cho‘zmoq, mushkulini oson qilishga tirishishning o‘zi kifoya. Ayniqsa, to‘shakda mixlanib qolgan, keksa yoki imkoniyati cheklangan fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar ular uchun umrga tatigulik yaxshilik bo'lsa ajabmas.

 

 Qiziriq tumani "Do‘stlik" mahallasida istiqomad qiluvchi fuqaro Yuldoshev Erkinjon betobligi va imkoniyati cheklanganligi bois, Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tish uchun Davlat xizmatlari markaziga kela olmasligini ma‘lum qildi.


 Qiziriq tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi xodimlari otaxon murojaatiga binoan, fuqaro xonadonida mobil sayyor xizmati ko‘rsatib, fuqaroni Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o`tkazib, tadbirkorlik guvohnomasi topshirildi.