Янгиликлар
#Muqaddasdir_Vatan_bayrog‘i
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi mas’ul xodimi Q.Ulug‘ov ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasida davlatimiz bayrog‘i qabul qilinganligining 31 yilligi va bayroq qabul qilingan kun, Konstitutsiyamizning 30 yilligi munosabati bilan targ‘ibot tadbiri tashkil qilinib, “O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi Qonuni hamda bosh qomusimiz bilan belgilangan huquq va majburiyatlarimiz xususida tushuntirishlar berildi. Zero, Konstitutsiya – davlatning asosiy qonuni bo‘lib, fuqaro, jamiyat va davlat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatning oqilona va adolatli huquqiy yechimidir.
Shu bilan birga, ishtirokchilarga Vazirlar Mahkamasining “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini taʼminlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarori mazmun-mohiyati bo‘yicha ham tushunchalar berildi.