Янгиликлар
Trening tafsilotlari
Adliya vazirligi, Yevropa Ittifoqi va BMT Taraqqiyot Dasturining “O‘zbekistonning qishloq hududlarida davlat xizmatlari taqdim etishni takomillashtirish va boshqaruv darajasini oshirish” qo‘shma loyihasi* doirasida vazirlikning jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha mutaxassislari hamda davlat idora va tashkiloti mas’ullari uchun tashkil etilgan 3 kunlik trening o‘z ishini yakunladi.
Ma’lumot uchun:*Ushbu loyiha qishloq joylarda xotin-qizlar, yoshlar va bolalar, keksalar, imkoniyati cheklanganlar va nogironligi bor aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish yo‘li bilan ularning turmush darajasini oshirish nazarda tutilgan.
Amaliy mashg‘ulotlar davomida xorijiy davlatlarning mutaxassis va ekspertlari tomonidan maqsadli axborot uzatishning zamonaviy, ta’sirchan usullari, auditoriya bilan ishlash, ommaviy axborot vositalari bilan ishlashning o‘ziga xos jihatlari kabi qator mavzularda ma’ruzalar tashkil etildi.
Har bir ma’ruza qiziqarli savol-javob va interaktiv usullarga boy tarzda o‘tkazildi. Unda barcha o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldi hamda hayotiy tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.Tashkil etilgan ushbu trening xodimlarning ushbu sohada malakalarini oshirish va xizmatda foydalanish uchun zarur manba bo‘lib xizmat qiladi.