Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 451 11 48

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

#TAYINLOV


Gaffarov Bahriddin Kuchimovich – O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining tegishli buyrug'iga asosan, Surxondaryo viloyati yuridik texnikumi direktori lavozimiga tayinlandi. Shu munosabat bilan Surxondaryo viloyat yuridik texnikumi jamoasi hamda Bahriddin Kuchimovich ishtirokida tanishtiruv tadbiri tashkil etildi.


Ma’lumot uchun, Bahriddin G‘affarov shu kunga qadar, Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi Prezident hujjatlari ijrosini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.


Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi jamoasi nomidan adliya tizimida uzoq yillik tajribaga ega bo'lgan hamda ko‘p sonli yetuk kadrlar ustozi bo'lgan Bahriddin G‘affarovni ushbu tayinlov bilan tabriklab, kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.