Янгиликлар
Xodim mehnat ta'tilida bo'lganda intizomiy jazo qo'llanilishi mumkinmi?
Mehnat kodeksi 182-moddasi 5-qismiga ko’ra, intizomiy jazo bevosita nojo‘ya xatti-harakat aniqlangandan keyin, ammo bu xatti-harakat aniqlangandan boshlab, xodimning kasal yoki ta’tilda bo‘lgan vaqtini hisobga olmasdan, uzog‘i bilan 1 oy ichida qo‘llaniladi. Demak, xodim ta’tilda bo’lgan vaqti intizomiy jazo qo'llanilishi kerak bo’lgan 1 oylik muddat o’tishi to'xtab turadi. Bundan tashqari, MK 100-moddasi (Mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish) 3 qismiga ko’ra xodim vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davrida va mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari va boshqa normativ hujjatlarda nazarda tutilgan ta’tillarda bo‘lgan davrida mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga yo‘l qo‘yilmaydi, korxona butunlay tugatilgan hollar bundan mustasno. Bundan ham xulosa qilish mumkinki, xodim ta’tilda bo’lgan vaqtida intizomiy jazo qo’llab bo’lmaydi. Chunki, Mehnat shartnomasini MK 100-moddasi 2-qismining 3 va 4-bandlari bo‘yicha bekor qilish intizomiy jazo chorasi hisoblanadi.