Янгиликлар
Bir bayroq ostida barcha birlashdi
O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan respublika bo‘yicha o‘tkazilgan «Yangi nafas» sport musobaqalari Surxondaryoda ham yuqori saviyada tashkil etildi.
Ma'lumot uchun, ushbu sport musobaqalari bevosita Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi hamda hamkor tashkilotlar tashabbusi bilan tashkil etildi.
«Bir vatanda, bir vaqtda, bir masofaga, bir maqsadda — birga yuguramiz» yagona shiori ostida Termiz shahridagi “Surxon” sport majmuasidan “Bolajon” bog‘ida joylashgan katta bayroqgacha bo‘lgan 3 km masofada o‘tkazilgan marafonda 4 mingdan ortiq ishtirokchi qatnashdi.Yakunda g‘olib va sovrindorlar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.