Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 451 11 48

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

Ajrim yoqasidagi oilalar yarashtirildi


 Joriy yilning 9 noyabr kuni Uzun tumanidagi 2-son kasb-hunar maktabida "Ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar bilan manzilli ishlash va sha’riy nikohni oldini olish" mavzusida komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.


Yig‘ilishda Viloyat hokimi o‘rinbosari, Oila va Xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Z.Xidirova, Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish markazi rahbari M.Xafizova, Oila va Xotin-qizlar boshqarmasi bosh mutaxassisi I.Polvonova, Jinoyat ishlari bo‘yicha Uzun tuman sudi raisi O.Jumanov, fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudi sudyasi S.Mustafayev, tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i U.Doniyorov, tuman bosh imomi Sh.Rahmonov, tuman FHDY bo‘limi boshlig‘i U.Boqiyeva, tuman MFY xotin-qizlar faollari, otinoyilar va “Oqila ayollar” harakati a’zolari ishtirok etishdi.