Янгиликлар
Аyrim pedagoglarga malaka toifasi attestatsiyadan o‘tkazilmasdan beriladi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 17.09.2021 yildagi 572-son qaroriga ko‘ra, ta’lim tashkilotlarining quyidagi pedagoglariga malaka toifasi attestatsiyadan o‘tkazilmasdan beriladi.
Ular :
tumandagi sport musobaqalarida 1-o‘rinni olgan o‘quvchilarni tayyorlagan jismoniy tarbiya o‘qituvchilari – 2-malaka toifasi (katta o‘qituvchi);
viloyatdagi sport musobaqalarida 1-o‘rinni olgan o‘quvchilarni tayyorlagan jismoniy tarbiya o‘qituvchilari – 1-malaka toifasi (yetakchi o‘qituvchi);
xalqaro va respublika sport musobaqalarida 1-, 2-, 3-o‘rinni olgan o‘quvchilarni tayyorlagan jismoniy tarbiya o‘qituvchilariga – oliy malaka toifasi (bosh o‘qituvchi lavozimi);
xalqaro matematika, fizika, kimyo, biologiya informatika olimpiadalarida oltin, kumush yoki bronza medal sovrindorlarini tayyorlagan o‘qituvchilarga – oliy malaka toifasi (bosh o‘qituvchi).