Янгиликлар
Xotin-qizlar faollari uchun seminar tashkil etildi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli topshirig'iga asosan, Qumqo'rg'on tumanida mahalla xotin-qizlar faollari uchun o‘quv seminar tashkil etildi.
Tuman adliya bo'limi, tuman xotin-qizlar bo'limi va boshqa hamkor tashkilotlar ishtirokida o'tkazilgan seminarda Oila institutini mustahkamlashda milliy qadriyatlarning o‘ziga xos xususiyatlari, yoshlarga oilaviy qadriyatlarni singdirish metodlari, Kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ish yuritish tartib- tamoyillari, gender tenglikning ta’minlashning o‘ziga xos tamoyillari, oilaviy ajrimlarni paydo bo‘lishining ilmiy aspektlari, notinch oilalar bilan ishlashning ijtimoiy-psixologik jihatlari va metodikalari, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga psixologik yordam ko‘rsatish va boshqa shunga o‘xshash masalalar borasida so‘z yuritildi.