Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 451 11 48

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan Termiz Davlat Universitetida tadbir bo'lib o'tdi.


O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan Termiz Davlat Universitetida tadbir bo'lib o'tdi.

 

Unda universitet rektori A.Maraximov, Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i S.Abdurasulov, viloyat prokurorining o'rinbosari T.Qurbonov, viloyat sudi raisi A.Ro'ziqulov, prokuror va sudyalar, ichki ishlar xodimlari, professor-o'qituvchilar va talabalar ishtirok etishdi.

 

Tadbir davomida bosh qomusimizning hayotimizda tutgan o'rni, yurtimizda qonun ustuvorligining bosh asosi Konstitutsiyamiz ekanligi, uning mazmun-mohiyati haqidagi ma'ruzalar tinglandi.

 

Shundan so'ng, universitetning Yuridik fakulteti binosida tashkil etilgan "Sud amaliyoti" xonasining ochilish marosimi va namuna sifatida ochiq sud majlisi o'tkazildi. Jarayonlar ZOOM platformasi orqali fakultetning boshqa talabalariga ham uzatildi.

 

Aytish kerakki, ushbu amaliyot xonasining ochilishi talabalar uchun ham nazariy, ham amaliy ko'nikmalarni puxta egallashida muhim ahamiyatga egadir.