Янгиликлар
#DAVLAT_XIZMATLARI_MARKAZI_5_YIL
Surxondaryo viloyatida “Davlat xizmatlari markazlari tashkil etilganligining 5 yilligi” munosabati bilan tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlarida tadbirlar tashkil qilindi.
Mubolag‘a emaski, o‘tgan shu 5 yil ichida davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasi tubdan o‘zgardi. Aholining og‘irini yengil qilish, vaqtini ham, naqdini ham tejash, yengilliklar yaratish maqsadida salmoqli ishlar amalga oshirildi.
Bir paytlar juda ko'p qog'oz va ovvoragarchiliklar talab qiladigan jarayonlar endilikda birgina markaz orqali hal etilmoqda. Xizmat turlaridan online ya'ni masofadan turib foydalanish imkoniyatining mavjudligi esa nur ustiga a'lo nur!
Davlat xizmatlari markazlari tashkil etilganligining 5 yilligi bilan muborakbod etamiz.