Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 451 11 48

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

#Adliya_xabari


Bugun aholiga qulaylik yaratish, turmush sharoitlarini yaxshilash borasida bir qator amaliy sa'y-harakatlarga qo'l urilmoqda-ki, barchasining tag zamirida xalqimiz hayot sifatini yaxshilash maqsadi mujassam.

 

Xususan, Jarqo'rg'on tumani markazidan ancha olisda joylashgan   "Yangi turmush" mahallasida tuman Davlat xizmatlari markazining filiali ochilishi , shu yerlik xalq vakillarining davlat xizmatlaridan mahallaning o'zida turib foydalanish imkoniyatini berdi.


Jarqo'rg'on tuman adliya bo'limi davlat xizmatlari markazining "Yangi turmush" filiali shu hududdagi 5 ta mahalla, ya’ni "Yangi turmush", "Bobotog'", "Mustaqillik", "Yangi qishloq", "Neftchi" va "Bobur" mahallaridagi 6 ta qishloqning jami 20 mingdan dan ortiq aholisiga davlat xizmatlari ko‘rsatadi.


Ahamiyatlisi esa, bunday qulaylik shu yerlik yosh-u qarining quvonchiga, mushkulining esa yechimiga sabab bo'ladigan bo'ldi.