Янгиликлар
#Faoliyat
Sherobodda oilaviy ajrimlarning oldini olish boʼyicha suhbat oʼtkazildi.
Tumanning 2-sektor hududida joylashgan 8-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabida tuman hokimligi Oila va xotin-qizlar boʼlimi, Fuqarolik ishlari boʼyicha Sherobod tumanlar aro sudi, tuman Аdliya boʼlimi, tuman Ichki ishlar boʼlimi hamda Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish tuman boʼlimi, shuningdek, Sherobod tumani jome masjidi bilan hamkorligida tumandagi ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalarni yarashtirish boʼyicha suhbat oʼtkazildi.
Unda tumandagi barcha mahalla fuqarolar yigʼini xotin-qizlar faollari va oqila ayollar harakati aʼzolari, nizoli oila vakillari qatnashishdi. Suhbat jarayonida masʼullar tomonidan yakka tartibda olib borilgan suhbat jarayoni, shuningdek, tushuntirishlar orqali 24 ta oila yarashtirildi.