Янгиликлар
#Hamkorlik
Jarqorg’on tumani Adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko`rsatish markazi xodimlari ishtirokida IIV Surxondaryo akademik litseyida "Konstitutsiyaviy islohatlar-davr talabi" mavzusida ilmiy amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Konferensiyada IIV Surxondaryo akademik litseyi direktori, Termiz davlat universiteti Yuridik fakulteti professor o‘qituvchilari, akademik litsey o‘qituvchi hamda o‘quvchilari ishtirok etishdi.
Unda Konstitutsiyaviy islohotlarning bugungi kun talablari asosida amalga oshirilayotganligi haqida fikrlar almashildi. Hamkor tashkilotlar bilan birgalikda ilmiy amaliy konferensiyalarni doimiy ravishda hamkorlik asosida tashkil etishga kelishib olindi.