Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 451 11 48

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Nogironligi bo‘lgan shaxslar davlat himoyasida


Qonunchiligimizda nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari davlat tomonidan himoya qilinib, ularga davlat tomonidan bir qator imtiyozlar berilgan.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun OTMda davlat granti asosida qo‘shimcha qabul kvotasi ajratiladi, shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslar sanatoriy-kurortda bepul sog‘lomlashtirish huquqiga ega.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.07.2021-yildagi PF-6269-son Farmoniga muvofiq, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga DXM va (yoki) YaIDXP orqali xizmat ko‘rsatishda 50 foiz miqdorida chegirma qo‘llaniladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 03.03.2021 yildagi PQ-5012-son qaroriga muvofiq, nogironligi bo‘lgan shaxslar jamoat birlashmalari ramzlarini davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazish uchun davlat boji undirilmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 28.04.2021-yildagi

248-son qaroriga muvofiq, nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalar, 18 yoshdan katta bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga nafaqa tayinlashda davlat xizmatlari bepul ko‘rsatiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.05.2021-yildagi

319-son qaroriga muvofiq, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar bolalarini davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga qabul qilishda imtiyozli ro‘yxatga kiritilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori,

01.07.2021-yildagi 411-son qaroriga muvofiq, tegishli tibbiy xulosa asosida muhtoj shaxslarga protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari beriladi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2018-yil

7-avgustda 3048 raqam bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan “Nogironligi bo‘lgan shaxslar avtotransport vositalarining to‘xtab turish joylariga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida”gi nizomga muvofiq, nogironligi bo‘lgan shaxslarning avtotransport vositalari uchun ajratilgan to‘xtab turish joylaridan foydalanganlik uchun haq olinmaydi.